• Donna Glove®
    Bu sut bezlarini mustaqil tekshirish uchun tibbiy buyum hisoblanadi. U paypaslab tekshirish vaqtida barmoqlarning sezgirligini oshiradi, shuningdek, sut bezi to‘qimalarini palpatsiya qilishning oddiy, gigiyenik va samarali usuli hisoblanadi.
  • 1 - BOSQICH: SUT BEZINI KUZATISH
    Har bir mustaqil tekshirish ongli ravishda amalga oshirilishi kerak.
    Qo‘lqop bilan mustaqil to‘g‘ri tekshirish uchun quyidagi amallarni bajaring:

    1. Qo‘llarni yonlarga tushirib, sut bezlarini ko‘zdan kechiring. Ularning tashqi ko‘rinishi, shakli, o‘lchami, konturi, teri tuzilishi va rangiga e’tibor bering. Agar sut bezi terisi qo‘pol, dag‘al va tuzilishi jihatdan apelsin po‘stlog‘iga o‘xshash bo‘lsa, shifokorga murojaat qiling.

    2. Kaftlarni boshning orqasiga qo‘yib, qo‘llarni yuqoriga ko‘taring va ikkala SB (sut bezlari) ni simmetrik ekanligini solishtiring. Qo‘ltiq ostida qandaydir o‘zgarishlar mavjudligiga e’tibor bering.

    3. Qo‘llaringizni yelka balandligida siqing va kaftlaringizni ochmasdan ularni kuch bilan tashqariga torting. Ushbu holatda mushaklar zo‘riqadi, bu esa o‘zgarishlarni yaxshiroq kuzatish imkonini beradi.

    4.Qo‘llaringizni tushirganingizdan so‘ng, sut uchi va areolalarni tekshiring. Shakl yoki o‘lchamdagi farqlar, shishlar, qoraqo‘tirlar yoki teri shikastlanishi mavjudligiga e’tibor bering. Suv ajralishini aniqlash uchun so‘rg‘ichlarni sekin siqib ko‘ring. Agar suyuqlik ajralsa, uning ko‘rinishini eslab qoling (tiniq, sutli yoki qonli) va shifokorga murojaat qiling.

  • 2 - BOSQICH: SUT BEZLARINI PALPATSİYA QILISH
    Bir sohadan boshqasiga o‘tmasdan, har doim bitta palpatsiya tartibiga rioya qiling.
    Chap sut bezi: Yoting, chap qo‘lingizni ko‘tarib, uni boshga qo‘ying. Qo‘lqopni o‘ng qo‘lingizga shunday kiyingki, qo‘lqopning yog‘li tomoni chap sut beziga qarasin. O‘ng qo‘l barmoqlarini bir-biriga jipslashtirib, chap sut bezini quyidagi harakatlar bilan tekshirib ko‘ring:
    • SPIRAL BO‘YLAB
    • PERIFERIYA MARKAZGA
    • AYLANMA HARAKATLAR
    • YUQORIGA VA PASTGA
    So‘ngra esa, holatni o‘zgartirmasdan turib, chap qo‘ltiqni tekshiring.
    Sut bezining tashqi kvadrantlarini diqqat bilan sinchiklab tekshiring. Ular qo‘ltiq ostiga eng yaqin joylashgan va aynan shu zonada sut bezi saratoni holatlarining yarmidan ko‘pi aniqlangan.
    O‘ng sut bezini tekshirish uchun yuqoridagi amallarni takrorlang. Agar palpatsiya texnikasi haqida savollaringiz yoki shubhalaringiz bo‘lsa, shifokor bilan maslahat qiling.
  • Ehtiyotkorlik choralari:
    Donna Glove® qo‘lqopini birinchi marta ishlatishdan oldin, sut bezining normal ko‘rinishi haqida tasavvurga ega bo‘lish uchun sut bezlarini batafsil tekshirish tavsiya etiladi. Bu esa keyinchalik yuzaga keladigan anomaliyalarni aniqlashga imkon beradi.
    Qoida bo‘yicha, sut bezlarini mustaqil tekshirish oyiga bir marta, hayz ko‘rish muddati tugaganidan keyin 7-10 kun oralig‘ida amalga oshirilishi kerak. Hayz vaqtida va undan oldin og‘riq va/yoki shish paydo bo‘lishi mumkin. Homilador ayollar yoki menopauzadan o‘tgan ayollar oyning ma’lum bir kunini tanlab, keyingi tekshiruvlarda shu sanaga rioya qilishlari mumkin.
    Emizikli ayollar esa emizgandan keyin tekshiruv o‘tkazishlari lozim.
    Sut bezi implantatsiyasi bo‘lgan ayollar implantni sut bezi to‘qimasidan ajratish uchun o‘z jarrohiga murojaat qilishlari kerak.
  • Ogohlantirish:
    Mustaqil tekshirish, ginekolog va mammolog ko‘rigiga muntazam borish o‘rnini bosa olmaydi. Uzun tirnoqlar va o‘tkir buyumlardan ehtiyot bo‘ling, ular qo‘lqopga zarar yetkazishi mumkin. Uni bosmang yoki siqmang. Donna Glove® qo‘lqopini qayta ishlatish mumkin. Uni neytral sovun bilan yuvish, yumshoq va toza sochiq bilan quritish lozim.

    Donna Glove® qo‘lqopi tashqi himoya plyonkasi bilan ishlab chiqariladi, birinchi marta ishlatishdan oldin uni iliq suv va neytral sovun bilan yuvib tashlash kerak. Agar sut bezi to‘qimasida biron bir zichlashgan mayda holat, shuningdek sut uchidagi dog‘lar, toshmalar yoki anormal holatni aniqlasangiz, darhol shifokorga murojaat qiling.
  • Qarshi ko‘rsatmalar:
    Mavjud emas
  • Yaroqlilik muddati:
    3 yil, o‘rami ochilgandan so‘ng 18 oy.
  • Saqlash sharoiti:
    Quruq va salqin joyda, pechlar, isitkichlar, olov yoki quyosh nurlari kabi yuqori issiqlik manbalaridan uzoqda va bolalar ololmaydigan joyda saqlang
  • Ishlab chiqarilish shakli:
    1 dona qo‘lqop karton qutiga solingan va o‘ramlangan
  • Ishlab chiqaruvchi:
    Best Breathe Company, S.L. Avda. de Los Trabajadores, 13, 03430 Onil (Alicante) - Ispaniya
Barcha savollar bo‘yicha biz bilan istalgan qulay usulda bog‘laning:

E-mail: info@arashan.uz
Telefon: +99893 111 1005
Ijtimoiy tarmoqlar: | Instagram |

Copyright © 2023 ARASHAN - All Rights Reserved